Fundamental tadqiqotlar loyihasi

Past o‘lchamli tarmoqlangan tuzilmalarda kvant transporti va kvazizarralar dinamikasi: shaffof kvant tarmoqlarni modellashtirish va dizaynlashtirish

O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan moliyalashtiriladi
(01.10.2021-31.09.2026)


Loyiha doirasida 17.07.2022 dan 08.04.2023 ga qadar loyiha rahbari J.Yusupov xorijiy hamrahbar M.Ehrhardt bilan loyihani amalga oshirish rejasini kelishish, keyingi harakatlarni batafsil muhokama qilish, shuningdek, har ikki tomon bilan xizmat safarlari jadvalini muvofiqlashtirish maqsadida Vuppertal universitetiga (Germaniya) xizmat safariga yuborildi. Bundan tashqari, muammolarning dolzarbligi, ularni shakllantirish va yechish yo'llari muhokama qilindi.

Loyiha rahbari J.Yusupov va xorijiy hamrahbar prof. M. Ehrhardt muhokama paytida (Matematik modellashtirish, tahlil va hisoblash matematikasi instituti).


Xizmat safari davomida loyiha mavzusida hamkorlik qilish maqsadida Ilmenau universitetiga (Germaniya) ham xizmat safari uyushtirildi. Birgalikda yechish uchun masalalar va natijalarni chop etish uchun maqolalar tayyorlash muhokama qilindi.


Loyiha rahbari J.Yusupovning professor C.Trunkning “Amaliy funksional tahlil” guruhi seminaridagi ma’ruzasi (Matematika institute, Ilmenau).


Loyihaning xizmat safarlari rejasi doirasida 2022-yil 13-dekabrdan 2023-yil 17-dekabrgacha prof. D.U. Matrasulov Vuppertal universitetiga (Germaniya) tashrif buyurdi va u yerda loyihaning xorijiy hamrahbari bilan birgalikda kelgusi yil uchun loyiha rejasida ko'zda tutilgan vazifalarni shakllantirishni muhokama qildi.


Shuningdek, tadqiqot natijalari Boku Davlat Universitetida (Ozarbayjon) boʻlib oʻtgan “Dynamics Days Central Asia & Caucasus” xalqaro konferensiyasi (23.09.2023-30.09.2022) va “ Modern trends in quantum science & technologies: From quantum materials to quantum information” yozgi maktabida (22.09.2023-02.10.2023) taqdim etildi.


Xorijiy hamrahbarning universitetga navbatdagi xizmat safari davomida hamkorlikdagi ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha yillik hisobot, hamkor bilan birgalikda yechilishi lozim bo‘lgan vazifalar va rejalashtirilgan ishlar muhokama qilindi. Hisobot davrida chop etilgan yangi tadqiqotlarni hisobga olgan holda muammolarni yechish yondashuvlari o'zgartirildi.

Loyiha rahbari J.Yusupovning professor M. Ehrhardt ilmiy guruhi seminaridagi ma’ruzasi. (Vuppertal universiteti, Germaniya)


Xizmat safari davomida loyiha mavzusida hamkorlik qilish maqsadida Chexiya Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti va Pragadagi Chexiya texnika universitetiga ham xizmat safari uyushtirildi. Birgalikda yechish uchun masalalar va natijalarni chop etish uchun maqolalar tayyorlash ishlari muhokama qilindi.

Loyiha rahbari J.Yusupov va professor P. Exner muhokama davomida (Chexiya Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti, Řež, Praga)


Loyiha rahbari J.Yusupovning professor P. Exnerning ilmiy guruhi seminaridagi ma’ruzasi (Chexiya texnika universiteti, Praga, Chexiya)

Loyihaning xizmat safarlari rejasi doirasida avgust oyida prof. D.U. Matrasulov Vuppertal universitetiga (Germaniya) tashrif buyurdi va u yerda loyihaning xorijiy hamrahbari bilan birgalikda kelgusi yil uchun loyiha rejasida ko'zda tutilgan vazifalarni shakllantirishni muhokama qildi.


Tadqiqot natijalari Samarqand davlat universitetida (O‘zbekiston) bo‘lib o‘tgan “Mathematics for the Micro/Nano-World: From soliton dynamics, nonlinear optics to quantum science and technology” (2023-yil 18-22-sentyabr) xalqaro konferensiyasida ham taqdim etildi.


Xorijiy hamrahbarning universitetiga xizmat safari davomida hamkorlikdagi ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha yillik hisobot muhokama qilindi. Joriy natijalar, yaqin davrda yechilishi kerak bo‘lgan vazifalar va kelgusi davrga rejalashtirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Safar davomida hisobot davrida chop etilgan yangi ilmiy maqolalar va tadqiqotlar asosida ilmiy masalalarni yechish usullari qayta ko‘rib chiqildi. Ushbu o‘zgartirishlar tadqiqot metodlarini belgilangan maqsadlarga samarali erishish va keyingi ilmiy hamkorlik uchun yangi yo‘nalishlarni aniqlashga moslashtirish imkonini berdi.

Loyiha rahbari J.Yusupov va xorijiy hamrahbar prof. M. Ehrhardt muhokama paytida (Matematik modellashtirish, tahlil va hisoblash matematikasi instituti, Wuppertal).




Shuningdek, tadqiqot natijalari “International Summer School & Conference on Evolution Equations, Approximation and Spectral Optimization” (Almaty, Kazakhstan, September 16–18, 2024) va “Dynamics Days Central Asia and Caucasus: 21st Century Silk Road for Science and Peace” (Samarkand, Uzbekistan, October 1–5, 2024) anjumanlarida taqdim etildi.

Loyihani amalga oshirishning joriy yili davomida xorijiy hamrahbar (Bergische Universität Wuppertal) universitetiga amalga oshirilgan safar Chexiya Fanlar akademiyasining Yadroviy fizika instituti hamda Germaniyaning Ilmenau texnika universitetiga tashriflar bilan to‘ldirildi. Ushbu tashriflar doirasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlarga oid yillik hisobot yuzasidan atroflicha muhokamalar o‘tkazildi. Joriy natijalar, kelgusi vazifalar hamda keyingi hisobot davrida rejalashtirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Ushbu muloqotlar jarayonida tadqiqot maqsadlariga erishish yondashuvlari hisobot davrida e’lon qilingan yangi ilmiy nashrlar va natijalarni inobatga olgan holda takomillashtirildi. Shuningdek, mavjud loyihalar bilan bir qatorda yangi yo‘nalishlar ham muhokama qilindi, jumladan: davriy tuzilmalarda shaffof chegaraviy shartlarni (TBC) o‘rganish, tarmoqlanucvhi tuzilmalarda koordinataga bog‘liq massali Shryodinger tenglamasi, Bogolyubov–de Jyen (BdG) va Dirak tenglamalari uchun TBC, hamda Titchmarsh–Weyl nazariyasi asosida murakkab tuzilmalardagi differensial tenglamalar uchun TBC masalalari.

Xizmat safari davomida loyiha tadqiqot maqsadlariga oid hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash maqsadida Chexiya Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi institutiga ham tashrif amalga oshirildi.

Shuningdek, loyiha doirasida ilmiy hamkorlikni kuchaytirish hamda bilim va tajriba almashinuvini rivojlantirish maqsadida Ilmenau texnika universitetiga ham tashrif amalga oshirildi.

Ilmenau texnika universiteti professori Karsten Trunk sentyabr oyida loyiha doirasidagi qo‘shma ilmiy tadqiqot masalalarini muhokama qilish va hamkorlikni mustahkamlash maqsadida KIUTga tashrif buyurdi.

Loyihaning yakuniy yilida loyiha jamoasi Germaniyadagi hamkor universitetlarda amalga oshirilgan ilmiy stajirovkalar orqali xalqaro ilmiy hamkorlikni izchil davom ettirdi.

2026-yil 2–15-iyul kunlari loyiha rahbari Ilmenau universitetiga tashrif buyurib, u yerda professor Carsten Trunk, professor Henrik Winkler hamda Valeriy Heinz bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Tashrif davomida mavjud qo‘shma ilmiy ishlanmalarni rivojlantirish hamda yangi istiqbolli tadqiqot yo‘nalishlarini belgilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ilmenaudagi tashrifdan so‘ng loyiha rahbari Wuppertal universitetiga tashrif buyurib (2026-yil 16–20-iyul kunlari), loyiha hamrahbari professor Matthias Ehrhardt bilan ilmiy uchrashuvlar o‘tkazdi. Shuningdek, loyiha ishtirokchisi Dr. Jasurbek Matrasulov ham Wuppertal universitetida ilmiy stajirovka o‘tadi. Ushbu tashrif uning DAAD tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihasi doirasidagi faoliyati bilan birgalikda amalga oshirildi.

Mazkur ilmiy tashriflar loyiha doirasida erishilgan natijalarni tahlil qilish, davom etayotgan tadqiqotlarni yanada rivojlantirish hamda kelgusidagi xalqaro ilmiy hamkorlik va qo‘shma grant loyihalari uchun yangi yo‘nalishlarni belgilash imkonini berdi. Muhokamalar davomida metrik graflarda issiqlik tenglamasi, Fokker–Plank tenglamasi, Weyl–Titchmarsh nazariyasiga asoslangan tarmoqlanuvchi sohalardagi statsionar Shredinger tenglamasi, Dirak tenglamasi hamda avvalgi yilda boshlangan Bogolyubov–de Gennes (BdG) tenglamasi uchun shaffof chegaraviy shartlar  masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Weyl–Titchmarsh nazariyasidan foydalangan holda koordinataga bog‘liq massali statsionar Shredinger tenglamasi uchun shaffof chegaraviy shartlarni ishlab chiqish hamda matematik fizika va sonli tahlil yo‘nalishidagi boshqa qo‘shma ilmiy tadqiqotlar ham muhokama qilindi.

Loyiha yakuniy bosqichga yetgani sababli uchrashuvlarda erishilgan ilmiy natijalarni baholash va kelgusidagi qo‘shma ilmiy tashabbuslarni rejalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Loyiha jamoasi loyiha doirasida belgilangan ilmiy maqsadlar va rejalashtirilgan vazifalar muvaffaqiyatli amalga oshirilganini tasdiqlaydi.

Created by G.Bahriddin